Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

MЮ futbolchisi uzoq muddatga safdan chiqdi

Abdukarim Atayev
Izohlar: 0

Bu haqida "Тhе Athletic" nashri xabar bermoqda

"Manchester Yunayted" himoyachisi Patrik Dorgu "Arsenal"ga qarshi uchrashuvda olgan jarohati sababli uzoq muddatga safdan chiqdi. Bu haqida "The Athletic" nashri xabar bermoqda. 

Manba ma'lumotiga ko‘ra, tekshiruv natijalaridan so‘ng 21 yoshli futbolchining tizza osti payida jarohat aniqlandi. Ma'lum bo‘lishicha, Dorgu taxminan 10 hafta maydonga tusha olmaydi.  

Eslatib o‘tamiz, Patrik joriy mavsum "qizil iblislar" safida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘yishga erishdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q