
MYu himoyachisi uchun mavsum tugadimi?
"Manchester Yunayted" himoyachisi Fil Jonsning joriy mavsumda maydonga tushish so‘roq ostida qolmoqda.
So‘nggi bor 2020 yil yanvarida asosiy jamoa tarkibida harakat qilgan futbolchi, joriy mavsumning ikkinchi yarmidagina APL va Evropa ligasi qaydnomasiga kiritildi.
"Fil o‘z ustida tinimsiz ishlamoqda. Tizzasidan olgan jarohati sabab tiklanish jarayoni uzoq vaqt talab qildi, hozir uning asoratlarini bartaraf etish ustida ishlamoqda. Biz shoshilmasligimiz kerak.
U qachon maydonga tushadi? Jons joriy mavsumda asosiy tarkibga qaytishi uchun barcha ishlarni amalga oshiramiz, agar buning iloji bo‘lmasa keyingi mavsumning boshiga tayyorlaymiz", - deydi Sulsher.
Fikrlar