MYu himoyachisi "Yuventus" nishoniga aylandi

  • 30.08.2025 10:50
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted"ning qanot himoyachisi Nussair Mazraui "Yuventus"ning transfer qiziqishlari doirasiga kirdi.

"La Gazzetta dello Sport" nashrining xabar berishicha, Turin klubi allaqachon marokashlik futbolchi haqida ma’lumot so‘ragan va transfer oynasining so‘nggi kunlarida unga taklif kiritishi mumkin.

27 yoshli futbolchi mavsumoldi tayyorgarlikda olgan jarohati tufayli joriy mavsum boshini o‘tkazib yubormoqda. Nussair Mazrauining "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt himoyachining bozor qiymati 25 million evroni tashkil etadi. O‘yinchi "qizil iblislar" safida o‘tgan yilning yozidan beri to‘p tepmoqda - o‘shanda u "Bavariya"dan sotib olingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!