
MYu hujumchisi navbatdagi uchrashuvda ishtirok etmaydi. Bu haqida Amorim ma’lum qildi
"Manchester Yunayted" futbolchisi Amad Diallo Angliya Premer-ligasining 6-turidan o‘rin olgan "Brentford"ga qarshi bahsda ishtirok etmaydi.
Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"Diallo uchun hozir og‘ir payt. U uchun futbol hozir muhim emas. Biz ushbu o‘yinni Amadning ishtirokisiz ham yuta olamiz. Uning uchun g‘alaba qozonishni xohlaymiz", – dedi Amorim.
Ma’lum bo‘lishicha, futbolchining oila a’zolaridan biri vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, "Brentford" – "Manchester Yunayted" uchrashuvi 27 sentyabr kuni soat 16:30'da start oladi.
Fikrlar