MYu ikki nafar mutaxassis bilan muzokara o‘tkazmoqchi
"Manchester Yunayted" vaqtinchalik bosh murabbiy tayinlash bo‘yicha faol ish olib bormoqda. Klub hozirda ikki nafar nomzod bilan muzokara o‘tkazishni reja qilgan.
Insayder Lori Uitvellning bergan ma’lumotiga ko‘ra, "qizil iblislar" Ule-Gunnar Sul’sher va Maykl Karrik bilan muzokaralar olib bormoqchi. Shundan so‘ng klub rahbariyati yakuniy qarorni e’lon qiladi. Karrik bo‘lajak murabbiyning yordamchisi sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Ammo vaqtinchalik bosh murabbiy lavozimni ham egallashi ehtimoli bor.
Eslatib o‘tamiz, MYu APLning 21-turida "Börnli" maydoniga safar qiladi. Bu jamoalar o‘rtasida uchrashuv 8 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:15 da start oladi.
Fikrlar