
MYu Kazemiroga "Real"dan yaxshiroq shartnoma taklif qildi
"Manchester Yunayted" braziliyalikni futbolchi Kazemiroga qiziqish bildirmoqda. Mankunianliklar yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor va futbolchiga qanday shartnoma taklif qilmoqchi ekanligi ham ma’lum bo‘ldi.
"Marca" nashri xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" 30 yoshli braziliyalikka 5 yillik shartnoma, shu bilan birga uning hozirgi maoshini ikki baravar oshirishga tayyor. Ayni payt u "Real" Madridda haftasiga soliqlardan tashqari 215 ming evro evro oladi.
"Real" Madrid rahbariyati futbolchi jamoadan ketishni istasa, saqlab qolmaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, "qizil iblislar" yarim himoyachi uchun "qirollik klubi"ga 60 million evro to‘lashi kerak
Fikrlar