MYu Matichni A Seriyaga qo‘yib yuborishi mumkin
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Nemanya Matich yanvarda "Inter" tarkibini to‘ldirishi mumin. Sky Sports nashriga ko‘ra serbiyalik hizmatlariga milanliklar ustozi Antonio Kontening shahsan o‘zi qiziqish bildirmoqda.
Nemanya Matich Konte qo‘l ostida "Chelsi" safida to‘p surgan va Joze Mourino MYu ustozligiga kelganidan so‘ng u "qizil iblislar safiga kelib qo‘shilgan edi.
Joriy mavsumda Matich MYu uchun APLda uchta, Evropa Ligasida esa ikkita o‘yinda maydonga tushgan. Uning transfer narxi taxminan 25 millon evroni tashkil qiladi.



Fikrlar