MЮ "Milan" yetakchisini oʻz safiga qoʻshib olmoqchi

  • 21.02.2026 16:17
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" "Milan" hujumchisi Rafael Leauning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqida "Football Transfers" nashri ma'lum qildi. 

Manba ma'lumotiga ko‘ra, "qizil iblislar" rahbariyati yozgi transfer oynasida Rafaelning asosiy transfer maqsadi qilib belgilab olgan. Italiya klubi vingerning sotuvidan 100 million yevro ishlab olmoqchi.

26 yoshli futbolchining hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 70 million yevroga baholanmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik hujumchi joriy mavsum "rossonerilar" safida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol kiritdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirishga erishdi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!