
MYu muxlislari "Bizga Ronaldu qiziq emas",-deya hayqirishdi
Angliya Liga kubogi 1/8 final bosqichi doirasida "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Byornli"ni mag‘lub etdi.
Uchrashuv paytida "Old Trafford"ga yig‘ilgan muxlislar jamoaning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronalduni eslab hayqirishdi: "Bizga Ronaldu qiziq emas! Bizni faqatgina "Manchester Yunayted" qiziqtiradi",-deya tribunalardan turib baqirishdi MYu muxlislari.
37 yoshli futbolchi "qizil iblislar" qarorgohini tark etdi va manchesterliklar bilan shartnomani bekor qildi. Ayni paytda u erkin agent bo‘lib turibdi.
Ronaldu 2021 yilda "Manchester Yunayted" tarkibiga "Yuventus"dan kelib qo‘shilgandi.
Fikrlar