MYu ning Xitoy klubidan olgan futbolchisi "Chelsi"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin

  • 14.02.2020 22:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Davralar oralig‘ida “Manchester Yunayted”ga kelib qo‘shilgan hujumchi Odion Igalo o‘zining “qizil iblislar” safidagi debyutini “Chelsi”ga qarshi o‘yinda o‘tkazishi mumkin.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra nigeriyalik futbolchi “aristokratlar”ga qarshi o‘yinda ishtirok etish uchun jamoa bilan birga Londonga yo‘l olgan. Biroq, bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsher ushbu o‘yinda Igaloni maydonga tushirish yoki tushirmasligi noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, MYu Igaloni Xitoy klubidan ijaraga olgan edi. Shundan so‘ng u koronavurs xavfi sabab 2 hafta karantinda saqlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!