MYu nishonida super hujumchi

  • 23 oktabr, 2020, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted” hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun “Inter” to‘purari Lautaro Martinesni olishga qaror qildi.

Inglizlar argentinalik hujumchini yozgi transferlar vaqtida sotib olmoqchi. U jamoa asosiy tarkibiga kira olmagan Odion Igalo o‘rnini egallashi kutilmoqda.

Lautaroga “Barselona” ham anchadan beri og‘iz solmoqda. Kataloniyaliklar bir necha oy davom etgan muzokaralardan “Inter” rahbariyatini futbolchini qo‘yib yuborishga ko‘ndira olmadi. “Barselona”ni qabul qilib olgan Ronald Kumanga Lautaro varianti ma’qul kelmadi. Kuman uning o‘rniga hamyurti Memfis Depay transferini talab qilmoqda.

“Inter” jamoasi xo‘jayinlari esa, asosiy yulduzlaridan birini boshqa klublarga osonlikcha berib qo‘ymaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!