MЮ Onana bo‘yicha bir qarorga keldi

  • 14.02.2026 19:20
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" ayni vaqtda Turkiyaning "Trabzonspor" klubida ijara asosida harakat qilib kelayotgan Andre Onana bo‘yicha bir qarorga keldi. Bu haqida "Sun Sport"  nashri xabar bermoqda. 

Manba ma’lumotiga ko‘ra, "qizil iblislar" rahbariyati kamerunlik posboni yozgi transfer oynasida sotib yuborishni rejalashtirmoqda. MYu Onanani mavsum boshida "Trabzonspor"ga ijaraga berib yuborgandi. 

28 yoshli darvozabonning ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi narxi 15 million yevroga baholanmoqda, 

Ma’lumot uchun, Andre joriy mavsum Turkiya klubi safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, shularning 4 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!