MYu o‘z tarixidagi eng qimmat futbolchini sotmoqchi
"Manchester Yunayted" safida kutilgan o‘yinni namoyish eta olmayotgan Pol Pogba faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.
"Daily Star" nashri xabariga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi yanvar oyida sotib yuborilishi mumkin. MYu rahbariyati bu variantni ko‘rib chiqmoqda. Tomonlar o‘rtasida tuzilgan amaldagi shartnomaga ko‘ra, Pogba 2022 yilda erkin agentga aylanadi.
Avvalroq, klub yarim himoyachini tekinga qo‘yib yuborishga qarshi emasligi aytilgandi. Ammo so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, mankuniyaliklar transferdan foyda olmoqchi. Agar qishki transfer oynasida Pogba borasida taklif tushsa, rahbariyat Polni muddatidan oldin qo‘yib yuboradi.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli futbolchi Frantsiya terma jamoasi mashg‘ulotlarida jarohat olgan va ikki oyga yaqin vaqt mobaynida maydonga tusha olmaydi.



Fikrlar