MYu premer-ligada kumush medallarni qo‘lga kiritdi va o‘zining so‘nggi besh yil ichidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi

  • 11 may, 2018, 09:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek "Manchester Yunayted" Angliya premer-ligasining 31-tur qoldirilgan bahsida safarda "Vest Xem" bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

Tecno

E’tiborlisi, mankuanliklar ushbu durangdan so‘ng o‘z ochkolari sonini 78taga etkazib olishdi va so‘nggi tur oldidan uchinchi pog‘onada borayotgan “Tottenxem”dan 4 ochkoga ilgarilab ketishdi. Shu tariqa Joze Mourinyu shogirdlari mavsum yakunlanishiga bir tur qolganida o‘zlari uchun ikkinchi o‘rinni naqd qilib qo‘yishdi. Bu esa MYuning so‘nggi besh yil ichidagi APLda qayd etgan eng yaxshi natijasi hisoblanadi.

Eslatib o‘tish lozimki, Aleks Fergyuson boshchiligida chempionlikni qo‘lga kiritgach,  mavsumni «Manchester Yunayted» premer-ligada 7-, 4-, 5- va 6-o‘rinlar bilan yakunlab kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!