MЮ "Real Madrid" futbolchisini Kazemiroga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda

  • 21.04.2026 14:30
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real Madrid" yarim himoyachisi Orelien Tchuameni "Manchester Yunayted"ning diqqat markazida turibdi. Bu haqida "The Telegraph" xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, manchesterliklar jamoasi Kazemiro mavsum yakunida klubni tark etishi kutilayotgani sababli, uning o‘rniga yuqori saviyali tayanch yarim himoyachi qidirmoqda.

26 yoshli Tchuamenining "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Uning transferi madridliklar yozda yangi yarim himoyachi xarid qilishi va moliyaviy muvozanatni saqlash uchun ayrim futbolchilarni sotishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Joriy mavsumda Tchuameni La Liga doirasida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!