MYu “Real” yulduzini qo‘lga kiritish uchun pulni ayamoqchi emas

  • 30.04.2025 16:59
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasida jamoa tarkibini yangilashni rejalashtirmoqda. "TodoFichajes" nashrining yozishicha, "qizil iblislar"ning asosiy nishoni — "Real" hujumchisi Rodrigo.

Manbaga ko‘ra, "Manchester Yunayted" Rodrigoga 150 million evro miqdorida taklif tayyorlamoqda. Klub braziliyalik futbolchiga "Real"dan ko‘ra yuqoriroq maosh taklif etishga tayyor.

Shuningdek, 24 yoshli Rodrigoga Angliyaning boshqa grandlari — "Liverpul" va "Manchester Siti" ham qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, braziliyalik forvard Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubining nishonida turibdi.

So‘ngi xabarlarga ko‘ra, "qirollik klubi" Rodrigoni sotishga qarshi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!