
MYu Sulsher o‘rniga APLning o‘zidan variant topdi
So‘nggi turlardagi muvaffaqiyatsiz natijalardan keyin "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher iste’foga chiqishi haqida xabarlar tarqaldi.
ESPN nashri ma’lumotlariga qaraganda, mankuniyaliklar "Lester" boshqaruvidagi Brendan Rojersni Manchesterga olib kelmoqchi. Klub rahbarlari 48 yoshli mutaxassis variantini eng ma’qul yo‘l, deb hisoblamoqda.
Qayd etilishicha, keyingi ikki bahs norvegiyalikning "Old Trafford"dagi kelajagini hal qilib beradi. Ushbu o‘yinlarda MYu "Tottenxem" va "Atalanta"ga qarshi maydonga tushadi. Avvalroq, Antonio Konte ham "qizil iblislar" bosh murabbiyligi uchun nomzodligi aytilgandi.
Joriy mavsum "Manchester Yunayted" Sulsher boshqaruvida APLda 9 uchrashuvdan keyin 7-o‘rinni band etib turibdi. Ular hisobida 14 ochko mavjud.
Fikrlar