
MYu Sulsherni ishdan olishga shoshilmoqchi emas
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Rio Ferdinand jamoa bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsherning "qizil iblislar" boshqaruvidagi kelajagi bo‘yicha fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Jamoa dam olish kunlari kerakli natijani qo‘lga kiritishi shart edi, shuningdek, yigitlar va bosh murabbiy o‘yinni bosim bilan boshlashdi, biroq ular o‘z ishini munosib bajardi.
Ochig‘i, matbuot Sulsherga hurmatsizlik qilmoqda. Hamma klub rahbariyati Pochettino bilan muzokara o‘tkazayotgani haqida yozmoqda, biroq juda ishonchli manba, bularning barchasini rad etdi", - deya Goal.com nashri Ferdinandning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.
Fikrlar