
MYu va "Barsa" o‘rtasidagi transfer amalga oshmasligi mumkin
Bir muddat oldin ispan nashrlari "Manchester Yunayted" "Barselona" vingeri Ansu Fati uchun 150 million evro taklif qilishga tayyor ekanligi haqida xabar berishgan edi.
Biroq futbolchining atrofidagi manbalarning ma’lum qilishicha, futbolchiga hech qanday taklif bo‘lmagan va u "Barselona" safida o‘ynashda davom etish niyatida.
Ayni vaqtda yosh forvardning tovon puli 170 million evroni tashkil qiladi. Biroq yaqin orada u "Barselona" bilan professional shartnoma imzolashi va bu raqam 400 million evroga o‘sishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda 17 yoshli Fati barcha musobaqalarda kataloniyaliklar uchun 25 uchrashuvda maydonga tushgan,va uning hisobida oltita gol va bitta assist bor.
Fikrlar