MYu va "Chelsi" bir darvozabon uchun kurashmoqda

  • 24.09.2025 15:00
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Frantsiya terma jamoasi va "Milan" darvozaboni Mayk Menyan Angliya Premer-ligasida faoliyat olib borishi mumkin.

"Talksport" nashrining xabariga ko‘ra, 30 yoshli posbonga "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim tarkibni tajribali darvozabon bilan kuchaytirishni istamoqda.

Shuningdek, Menyan uchun kurashda Londonning "Chelsi" klubi ham ishtirok etadi. "Aristokratlar" uni bu yozdayoq olib kelishni xohlashgan, ammo kelishuv amalga oshmagan.

Ma’lumot o‘rnida, Menyanning milanliklar bilan shartnomasi kelasi yil o‘rtalarigacha amal qiladi. Uning transfer bahosi 25 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!