MYu va "Liverpool" bitta futbolchi uchun kurashmoqda
"Vulverxempton" hujumchisi Mateush Manening xizmatlariga APLning ikki grandi qiziqish bildirmoqda. Bu haqida "Sports Boom" nashri ma'lum qildi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, 18 yoshli forvardni "Liverpul" va "Manchester Yunayted" jamoalari o‘z safiga qo‘shib olishga urinmoqda. Ma'lum bo‘lishicha, "bo‘rilar" Mane uchun 50 million funt narx belgilab qo‘ygan. Avvalroq, hujumchiga Londonning “Chelsi” klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.
Angliyalik futbolchining ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi narxi 250 ming evroni tashkil etadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Ma'lumot uchun, Mane joriy mavsum APLda 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol kiritdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar