MYu Varanga zo‘r va’dalar bermoqda

  • 02.06.2021 23:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Marca nashrining ma’lum qilishicha, frantsiyalik himoyachi Rafael Varan shu yoz "Real"dan ketishi kutilmoqda.

28 yoshli futbolchiga "Manchester Yunayted"dan jiddiy takliflar bo‘lmoqda. “Qizil iblislar” Varan uchun Madrid klubiga 35-40 million evro to‘lashga tayyor.

Bundan tashqari MYu Varanga yaxshigina maosh ham va’da qilmoqda. Agar u “Old Trafford”ga ko‘chib o‘tsa, hozirgi maoshidan ikki barobar ko‘p pul oladi.

Rafael Varan yakunlangan mavsum “Real” safida La Ligada 31 ta o‘yinda ishtirok etdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Varanning “qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!