MYu yarim himoyachisi jiddiy jarohat oldi

  • 4 yanvar, 2023, 12:28
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" APL 19-turidan o‘rin olgan "Bornmut"ga bellashuvda 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Gollarga Kazemiro, Lyuk Shou hamda Markus Reshford mualliflik qildi. E’tiborli jihati, ushbu bahsda manchesterliklar safida uzoq vaqtdan beri ilk bor Premer ligada asosiy tarkibda maydonga tushgan Donni Van de Bek jiddiy jarohat oldi.

Birinchi bo‘lim so‘ngida niderlandiyalik yarim himoyachi raqib vakili Markos Senesi bilan to‘qnashib ketdi. Bir necha daqiqa ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, uning o‘rniga Alexandro Garnacho o‘yinni davom ettiradigan bo‘ldi.

Donni joriy mavsum mankuniyaliklar libosida 10 o‘yinda atigi 294 daqiqani maydonda o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!