MЮ yozda sobiq futbolchisini ortga qaytarmoqchi

  • 19.02.2026 17:07
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Napoli" yarim himoyachisi Skott Maktominay "Manchester Yunayted"ga qaytishi mumkin. Bu haqida "TopSkills Sports UK" nashri xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, "qizil iblislar" yozda shotlandiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Xavbekning o‘zi ham sobiq jamoasiga qaytish istagida. Ammo, u MYUdan haftasiga 350 ming funt maosh olishni istamoqda. 

29 yoshli futbolchining ayni vaqtda transfer bozoridagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Ma'lumot uchun, Skott 2017 yildan 2024 yilgacha ingliz klubi safida harakat qilgan. Yarim himoyachi joriy mavsum "Napoli" safida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z nomiga 10 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!