MЮ yulduzini "Arsenal"ga ko'chib o'tishi mumkin

  • 07.03.2026 20:14
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted"ning braziliyalik yarim himoyachisi Kazemiro faoliyatini London klubida davom ettirishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, "Manchester Yunayted" tayanch yarim himoyachisi Kazemiro Londonning "Arsenal" klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Manbaga ko‘ra, futbolchining agenti allaqachon londonliklar vakillari bilan bog‘langan va o‘z mijozining xizmatlarini "kanonirlar"ga taklif qilgan. Kazemiro "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Artetaga yoqadi va ushbu kelishuv amalga oshish ehtimolini orttiradi. Artetaning fikricha, bunday futbolchining jamoaga kelishi sovrinlar tomon yurishda katta yordam bo‘ladi. Futbolchining o‘zi ham aynan London klubiga ko‘chib o‘tishni ma’qul ko‘rmoqda. Braziliyalik xavbek uchun "Milan" va "Yuventus" klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Kazemironing MYu bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida yakuniga yetadi.

Ma’lumot uchun, Kazemiro joriy mavsumda umumiy 28ta uchrashuvda maydonga tushib, 6ta gol va 2ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!