
MYuga keladigan murabbiy ikkita supertransferni talab qildi
“Manchester Yunayted” rahbariyati yozda jamoani qabul qilib oladigan bosh murabbiyga transfer uchun katta mablag‘ ajratadi, - deb xabar tarqatdi Daily Telegraph nashri. Jamoa Evropa Chempionlar ligasiga chiqa olmagan taqdirda ham summa kamaytirilmaydi.
Manchesterliklarga ustozlik qilishi kutilayotgan niderlandiyalik Erik ten Xag hozirdan katta transferlarni mo‘ljallayapti. Bu mutaxassis “Manchester Yunayted”ga Angliyaning eng qimmat o‘yinchilari – “Tottenxem” hujumchisi Harri Keyn va “Vest Xem” yarim himoyachisi Deklan Raysni olib kelishni so‘rayapti.
Har ikki klub o‘z o‘yinchilarini 100 million funtdan qimmatga baholayotgani va ularga qudratli klublar xaridor bo‘layotgan bu transferlarni qiyinlashtirib yuboradi.
Bundan tashqari, Erik ten Xag ro‘yxatida “Aston Villa” etakchilaridan Jon Makginn ham o‘rin olgan. Aslida manchesterliklar anchadan beri bu yarim himoyachiga xaridor bo‘lib kelmoqda.
Fikrlar