MYuga yangi sardor tayinladi

"Manchester Yunayted" klubi o‘z ximoyachisi Eshli Yangni jamoa sardori etib tayinladi.

Bu borada jamoa bosh murabbiyi Sulsher e’lon qildi.

"Yang jamoaning yangi sardori bo‘ldi. U asosiy tarkibga kiritilganida, sardorlik bog‘ichini taqib tushadi," - dedi bosh murabbiy.

Avvalroq, jamoa darvozaboni De Xea sardor bo‘lishni istayotganligini bildirgandi. Bundan tashqari, Sulsher klub yarim ximoyachisi Pol Pogba variantini ilgari surayotgan edi.

20-iyun kuni "International Champions Cup" turnirida, "Inter"ga qarshi bo‘lib o‘tgan bellashuv davomida muxlislar Yangni qo‘llab-quvvatlashgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!