Nacho "Real"ga o‘z javobini aytishi kerak

  • 08.06.2024 17:46
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi himoyachi Nachoni o‘z safida olib qolmoqchi. 

Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, futbolchi Madrid klubidan bitimni yana bir yilga uzaytirish taklifini olgan. Futbolchi 30 iyungacha o‘z javobini berishi kerak. Shu kuni amaldagi shartnoma muddati tugaydi. 

U o‘tgan mavsum "qirollik klubi" safida 45 bellashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Yaqinda Nacho "qaymoqranglilar" bilan oltinchi marta EChLda g‘olib chiqdi. 



 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!