Nadal "Australian Open"da ishtirok etadimi? Uning o‘zi javob berdi

  • 03.11.2020 22:15
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

"Katta dubulg‘a" turnirlarining 20 karra g‘olibi Rafael Nadal "Australian Open"da ishtirok etmoqchi. Uning so‘zlariga ko‘ra, musobaqaning barcha ishtirokchilari uchun majburiy me’yorga aylanishi mumkin bo‘lgan ikki haftalik karantin unga muammo tug‘dirmaydi.

Tecno

"Albatta, "Australian Open" rejalarimning bir qismi. Agar 14 kunni karantinda o‘tkazishimiz kerak bo‘lsa, unda musobaqaga puxta tayyorgarlikni boshlashimiz lozim", deya Nadal so‘zlarini "Tennis World USA" keltirmoqda.

Shuningdek, dunyoning ikkinchi raketkasi ertaga Parijdagi turnirning 1/16 final bosqichida o‘z ishtirokini boshlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!