Nadiya Dusanova xalqaro musobaqalarda ishtirok etmoqda

BEPUL PROPAN

Engil atletikaning balandlikka sakrash yo‘nalishida yurtimiz sharafini himoya qilib kelayotgan sportchimiz Nadiya Dusanova xalqaro musobaqalardagi ishtirokini davom ettirmoqda. 

Kuni kecha Eron poytaxtida yopiq inshootlarda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida g‘alaba qozonib qaytgan Nadiya Slovakiyada xalqaro musobaqada ishtirok etdi. Ushbu yo‘nalishda dunyoning eng kuchli atletlari bilan bellashgan Dusanova musobaqada 184 sm natija qayd etdi. Xalqaro engil atletika federatsiyasi (XEAF) bayrog‘i ostida musobaqalarda ishtirok etayotgan rossiyalik Mariya Lasitskene ushbu turnirda g‘alaba qozonib, o‘z faoliyatida qatorasiga 33-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Endi vakilamiz Chexiyaga yo‘l oldi va yaqin kunlar ichida yana bir xalqaro turnirda o‘z omadini sinab ko‘radi. 

Banska-Bistritsa, Slovakiya

Balandlikka sakrash, ayollar

1. Mariya Lasitskene (XEAF) – 2,02
2. Levern Spenser (Sent-Lyusiya) – 1,94
3. Alessia Trost (Italiya) – 1,91

3. Mixala Xruba (Chexiya) - 1,91 ...

7. Nadiya Dusanova (O‘zbekiston) - 1,84 ...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!