Nahotki! "Neftchi" Superligadagi oxirgi 4 o‘yinida atigi bitta gol o‘tkazib yubordi
Superliganig 2-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Paxtakor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin 2:1 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan tugadi.
Qizig‘i, "yo‘lbarslar" Superligadagi so‘nggi 4 o‘yinda o‘z darvozasidan atigi bitta to‘p olib chiqqan. U ham bo‘lsa, bugungi "Paxtakor"ga qarshi o‘yinga to‘g‘ri keladi (statistika bu mavsumning dastlabki ikki o‘yinidan tashqari o‘tgan yilning oxirgi ikki bahsi bilan birga qo‘shib hisoblangan).
Yanada ahamiyatlisi, farg‘onaliklar o‘sha 4 bellashuvda mag‘lubiyat nimaligini his qilmagan. Hammasida faqat g‘alaba qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Levchenko shogirdlari ayni payt musobaqaning ikki turida 100 foizlik natija bilan turnir jadvalida yakkahokimlik qilib turibdi.

Fikrlar