Nainggolan "Inter"ga o‘tishga juda yaqin turibdi

  • 11 iyun, 2018, 10:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" klubi "Roma" yarim himoyachisi Raja Nainggolanning transferi borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaning yozishicha milanliklar 30 yoshli belgiyalik futbolchi uchun “bo‘rilar”ga 29 mln evro va unga qo‘shimcha ravishda o‘zining yosh iqtidorli futbolchisi Nikola Zanioloni qo‘shib beradi. Ta’kidlash kerakki, 18 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum Italiya yoshlar chempionatida 34ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Ma’lumot uchun, Nainggolan yakunlangan mavsum “Roma” safadi jami 42ta o‘yinda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!