Namanganda shaxmat bo‘yicha rapid musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning, 18 oktyabr kuni Namangan shahridagi Yoshlar markazi shaxmat klubida rapid yo‘nalishida shaxmat musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqalar shveysarcha tizim asosida 7 turdan iborat tarzda o‘tkazildi. Har bir ishtirokchiga 10 daqiqa + 2 soniya vaqt ajratildi.
Turnirda Namangan shahri va tumanlaridan tashrif buyurgan 40 nafardan ortiq shaxmatchilar o‘zaro kuch sinashdilar.
Natijalar:
Erkaklar o‘rtasida:
1-o‘rin — Aliev Xabibullo (Yangi Namangan tumani)
2-o‘rin — Nuriddinov Vazir (Namangan shahri)
3-o‘rin — Muxammadjonov Abdujabbor (Davlatobod tumani)
Ayollar o‘rtasida:
1-o‘rin — Olimjanova Fotima (Kosonsoy tumani)
Shuningdek, 8 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida ham g‘oliblar aniqlanib, sovrindorlar taqdirlandilar.
Ushbu musobaqa Namangan viloyatida shaxmatni ommalashtirish va yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Fikrlar