Nani: "Ronaldу 2028 yilgі Yevropa chempionatida o‘ynasa ham ajablanmayman"

  • 18.01.2026 13:11
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Portugaliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Luish Nani Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

"Taslim bo'lishni istamaslik uni barcha davrlarning eng zo'r futbolchilaridan biriga aylantirdi. Hatto hozir 40 yoshda ham muxlislarni hayratga solishda davom etmoqda. Umid qilamanki, u saralash o'yinlarida ko'rsatgan darajasini saqlab qoladi va Jahon chempionatida Roberto Martines uchun muhim futbolchi bo'lib qoladi va gollar urishda davom etadi. 

Umid qilamanki, u Yevro-2028da ham Portugaliya terma jamoasi futbolchisi sifatida ishtirok etadi. Bu Ronaldu o'zini jismonan qanday his qilishiga, jarohatlardan qochishiga ham bog'liq. Ammo agar kimdir 43 yoshida Evropada o'ynashdek ajoyib narsaga qodir bo'lsa bu albatta Krishtianu", - dedi Nani.

Ma'lumot uchun, Krishtianu Ronaldu va Luish Nani "Manchester Yunayted"da birga o'ynagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!