Naomi Osaka 15 yoshli qizga yutqazib qo‘ydi
Yaponiyalik tennischi Naomi Osaka Melburn shahrida o‘tayotgan "Australian Open" turnirining uchinchi davrasida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Naomi ushbu bosqichda amerikalik Kori Goffga qarshi kortga chiqdi. Mazkur o‘yinda 15 yoshli Kori raqibini 3:6, 4:6 hisobida engdi.
Shu tariqa, 1/8 final bosqichiga chiqqan K.Goff, endi xitoylik Chjan Shuay, yoki hamyurti Sofiya Kenin bilan kuch sinashadi.

Fikrlar