Naomi Osaka “Qatar Total Open – 2018”da kimni kutmoqda?
Yaponiyalik tennischi Naomi Osaka Doxa shahri mezbonlik qilayotgan turnirning birinchi davrasida chexiyalik Katerjina Sinyakovaga qarshi kortga chiqdi.
Mazkur bahsdagi birinchi setni 6:4 hisobida o‘ziniki qilgan Osaka, ikkinchi setda raqibiga birorta ham geymni boy bermadi va 6:0 hisobida zafar quchdi.
Endi u “Qatar Total Open – 2018” musobaqasining ikkinchi davrasida latviyalik Anastasiya Sevastova hamda xorvatiyalik Donna Vekich uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Fikrlar