Naoya Inoue Murodjon Ahmadalievning vaznida WBS va WBO kamarlari egasiga aylandi, super nokaut (video)

  • 25 iyul, 2023, 18:03
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning birinchi yarim engil vazn toifasida (55,3 kg) WBC va WBO kamarlari egasi amerikalik Stiven Fulton Yaponiyada, sobiq mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue bilan to‘qnash keldi.

Jang davomida Inoue o‘z ustunligini namoyish etdi. 8-raundga kelib Fulton nokdaun holatiga tushdi, so‘ngra ketma ket kuchli zarbalarga uchragan Fulton raqib qarshisida ojiz qoldi. Texnik nokaut va Inoue o‘zi uchun 4-vaznda chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritdi.

Uning navbatdagi jangi mutlaq jahon chempionligi uchun, Murodjon Ahmadalievning sobiq raqibi Marlon Tapalesga qarshi bo‘lishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!