"Napoli" darvozaboni "Real"ga o‘tishi mumkin
Darvozabon David Ospina "Napoli"ni tark etishga tayyor. Bu haqda italiyalik insayder Nikolo Skira o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.
Manbaning xabar berishicha, 33 yoshli kolumbiyalik posbon shartnoma muddati tugashi munosabati bilan klubni tekinga tark etishi mumkin.
Oldinroq Ospinaga "Real" qiziqish bo‘layotgani ma’lum bo‘lgan edi.
David Ospina o‘tgan mavsum “Napoli” safida A Seriyada 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 31 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar