"Napoli" de Bryüne bilan muddatidan oldin xayrlashishi mumkin
Kevin de Bryüne asosiy tarkibdagi o‘rni yo‘qolgani sababli «Napoli»ni shu yozda tark etishi mumkin.
35 yoshli belgilaylik yarim himoyachi Kevin de Bryune shu yozda «Napoli»ni tark etishi mumkin. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda insayder Nikolo Skira xabar berdi. Futbolchi bilan klub o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallanganiga qaramay, jamoa rahbariyati uning kelajagini qayta ko‘rib chiqmoqda.
Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘zaro hamkorlikni to‘xtatishi ehtimoli bor. Sabab sifatida de Bryunening Neapol jamoasidagi hozirgi maqomi ko‘rsatilmoqda. U hozirgi paytda «Napoli»ning asosiy yetakchi futbolchilari qatoriga kirmaydi.
O‘tgan mavsum Italiya A Seriyasida de Bryune 18 o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va ikki marta golli pas berdi. Tajribali yarim himoyachining bozor qiymati taxminan sakkiz million yevro atrofida baholanmoqda.

Izohlar (0)