"Napoli" EChL yo‘llanmasini qo‘lga kirita oladimi?

  • 29.06.2020 10:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Napoli” klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo jamoasining joriy mavsum Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida gapirib o‘tdi.

“Napoli” hozirgidan ko‘proq narsa qila olmaydi. “Atalanta” esa uzoq yillardan buyon ajoyib o‘yin ko‘rsatib kelmoqda. Bizni hali Bergamoda juda muhim o‘yin kutib turibdi, ammo bu biz uchun etarli bo‘ladimi yoki yo‘q, buni bilmaymiz”, - deydi italiyalik mutaxassis.

“Napoli” 28 turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida 45 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. 4-o‘rindagi “Atalanta” hisobida esa 57 ochko mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!