
"Napoli" etakchilari "Inter"ga qarshi bahsda ishtirok eta olishadi
“Napoli” klubi hujumchilari Lorentso Insine va Dris Mertens A Seriyaning 37-turidan o‘rin olgan “Inter”ga qarshi bahsda ishtirok eta olishadi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Insine ham, Mertens ham jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lishgan.
Ma’lumot uchun, "Napoli" - "Inter" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 23:30da boshlanadi.
Fikrlar