
"Napoli" Insinening narxini e’lon qildi
Italiyaning "Napoli" klubi o‘zining to‘purar hujumchisi Lorentso Insineni qanchaga sotmoqchiligini ma’lum qildi.
La Gazzetta dello Sport tarqatgan xabarga neapolliklar 27 yoshli italiyalik futbolchisi uchun 100 mln evro so‘ramoqda. Ta’kidlash kerakki, bundan avval “Napoli” ushbu futbolchini sotishni istamayotgan edi, ammo, hozir ularning bu boradagi qarori o‘zgargan.
Eslatib o‘tamiz, Insinega ayni damda “Manchester Siti” va PSJ kabi klublardan jiddiy qiziqishlar mavjud.
Ma’lumot uchun, Insine joriy mavsum “Napoli” safida jami 33ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 12ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar