"Napoli" Italiya kubogidan chiqib ketdi. Bosh murabbiy bunga nima deydi?

  • 18.01.2023 13:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol

Luxano Spaletti «Napoli»ning Italiya kubogidan chiqib ketgani borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, neapolliklar 1/8 finalda o‘z maydonida “Kremoneze”Ni qabul qildi va penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi.

“Xafsalamiz pir bo‘ldi. To‘p bilan yaxshi ishlamaganimiz ko‘rinib turibdi. Biroq biz o‘yinni to‘liq nazorat qildik, ammo oddiy vaziyatlarda xatolarga yo‘l qo‘ydik.

Imkoniyatimizdan pastroq o‘ynaganimiz uchun musobaqadan chiqib ketdik”, - dedi “Napoli” bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
insta1braximov
18/01/2023 15:10
Qisqa qilib o'yinni sotdik deb quyaqol spaletti