"Napoli" Konte bilan xayrlashishi mumkin
"Napoli" yaqin vaqt ichida bosh murabbiyinı oʻzgartirishi mumkin.
Jurnalist Janluka Di Marcio maʼlumotiga koʻra, neapolliklar va Antonio Konte oʻzaro kelishuv asosida hamkorlikni toʻxtatish arafasida turibdi.
Manbaga koʻra, klub bosh murabbiylikka asosiy nomzod sifatida Mauritsio Sarrini koʻrmoqda. Hozirda “Latsio”ni boshqarayotgan 67 yoshli mutaxassis bilan “Napoli” allaqachon aloqa oʻrnatgan va uning qaytishiga ishonmoqda.
Shu bilan birga, Sarriga “Atalanta” ham qiziqish bildirmoqda. Agar bergamoliklar murabbiyni koʻndirsa, “Napoli” Vintsentso Italyano, Massimiliano Allegri yoki Fabio Grosso variantlarini koʻrib chiqishi mumkin.
Xabarlarga koʻra, Konte klubni tark etsa, Italiya terma jamoasidan taklif kutishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar