
"Napoli"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Rudi Garsiya "Napoli" bosh murabbiyligini tark etdi.
Italiya klubi Valtera Madzarrini bosh murabbiylik postiga olib keldi. Bu haqda klub rasman xabar berdi. 62 yoshli mutaxassis neapolliklarni 2009-2013 yillar oralig‘ida boshqargan va 2012 yilda Italiya Kubogini yutgan.
Rudi Garsiya qo‘l ostida "Napoli" 2023 yilda A Seriyaning 12 uchrashuvida jami 6 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Ayni vaqtda jamoa Italiya chempionati turnir jadvalida 6-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar