Narx katta bo‘ladi, pul to‘plang!
Angliya Premier-ligasida ishtirok etayotgan «Bornmut» klubi rahbariyati jamoaning yetakchi yarim himoyachisi Aleks Skottni qishki transfer oynasida sotishi mumkin.
Bundan bir necha kun avval «Chelsi» Aleks Skott yanvarda transferga qo‘yilgan taqdirda, uning uchun asosiy da’vogar bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
«Chelsi» yanvar oyida yarim himoyachini tarkibiga qo‘shib olishni o‘ylamoqda. Bunga sabab sifatida London klubi yozgi transfer oynasi yakuniga yaqin Enzo Fernandezni «Manchester Siti»ga sotgani va Lamin Kamarani xarid qila olmagani ko‘rsatilmoqda.
«Stemford Bridj»da Skott bosh murabbiy Xabi Alonso qo‘llayotgan o‘yin tizimiga juda mos keladi, deb hisoblashmoqda. Biroq TEAMtalk ma’lumotlariga ko‘ra, «Bornmut» 23 yoshli angliyalik futbolchini mavsum o‘rtasida qo‘yib yuborishi uchun katta summa kerak bo‘ladi. Manbalarga ko‘ra, Aleksning transfer narxi taxminan 95 million funtni tashkil qilishi mumkin.

Fikrlar