Narxni sal tushiring! Badavlat klub Angliyadagi “yulduzcha”ni oladi

  • 23.07.2026 09:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g'olibi “Pari Sen-Jermen” Anliya Premier-ligasida porlayotgan “Bornmut” hujumchisi Eli Zhunior Krupiga da'vogarlik qilmoqda.

PSG Report nashri ma'lumotiga ko'ra, agar “olchalar” hozirgi 100 million evrolik talabini 80–85 million evroga tushirsa, Parij klubi transfer bo'yicha muzokaralarga kirishishga tayyor.

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrique 20 yoshli futbolchining iqtidorini juda yuqori baholaydi va uni jamoada Yan Diomande hamda klub bilan bog'lanayotgan boshqa qimmatbaho futbolchilardan ko'ra ko'proq ko'rishni istaydi.

Eli Zhunior Krupiga “Tottenxem”, “Arsenal”, “Chelsi” va “Barselona” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

O'tgan Premier-liga mavsumida yosh hujumchi 33 ta o'yinda 13 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!