"Nasaf", "Paxtakor", "Neftchi" va "Andijon" O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 13.12.2025 13:00
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy Superligaga qaytishi mumkin. Bu haqda Yaxyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev xabar bermoqda.

"Akmal Mozgavoy yangi mavsumni Superligada boshlashi mumkin. BAAda o‘yin amaliyotisiz qolayotgan futbolchini “Paxtakor” va “Nasaf” o‘z safida ko‘rmoqchi", - deya yozdi jurnalist o‘zining telegram kanalidagi sahifasida. 

Ma’lumot uchun, Mozgovoy 2025 yilgi mavsumning ikkinchi davrasida BAAning "Baniyas" safiga ko‘chib o‘tgan edi. U hozircha Abu-Dabi klubida jami 8 ta o‘yinda qatnashdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!