"Nasaf" 3 futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi. Marko Stanoevich, Bobir Abdixoliqov hamda Sharof Muhitdinov bilan muzokaralar ketmoqda

  • 22 yanvar, 2021, 23:33
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

«Nasaf» klubi o‘tgan mavsumda jamoa safida debyut mavsumini o‘tkazgan va muxlislar e’tiborini qozongan Husayn Norchaev, Abubakrrizo Turdialiev hamda Murodbek Xo‘jamberdiev bilan o‘rtadagi shartnoma muddatlarini 2023 yil oxirigacha uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

O‘zingizga ma’lum, o‘tgan mavsumda Husayn Norchaev qarshiliklarning uchta jamoa tarkibida harakat qilib, barchasida sovrin yutgan futbolchiga aylangandi. Norchaev debyut mavsumdayoq Superligada uchta gol urishga erishgan. Abubakrrizo Turdialiev ham Superligada ikkita golga hammualliflik qildi. Jamoaning yana bir umidli futbolchisi Murodbek Xo‘jamberdievni Superligadagi o‘yinlari bilan muxlislar ko‘nglidan joy oldi, deb bemalol aytish mumkin.

«Nasaf» futbol klubi rahbariyati hozirgi kunda bir qator etakchi futbolchilar Marko Stanoevich, Bobir Abdixoliqov hamda Sharof Muhitdinov bilan ham muzokara olib bormoqda. Muzokaralar yakunlanganidan so‘ng, bu haqida ma’lumot beriladi.

IMG_8954

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Akbarali Abdunazarov
23/01/2021 19:23
Насаф таваккалга кул бумайди, булар булмас уйинчига таваккал килмайди, бу йил Насаф утган йилга нисбатан кучаяди, Насаф чемпионликка харакат килади ва Очл йулланма олади шу йил худо хохласа!
jaxongir sadiev
23/01/2021 02:54
Насаф хаммаси яхши бўлади иншааллоҳ