
"Nasaf" Bekobodda "Metallurg"ga qarshi. Birinchi davradagi durangdan qanday xulosa chiqarildi?
«Ajdarlar» Superliganing 15-turda Bekobodga safar qilishadi. «Metallurg» bilan bo‘lib o‘tishi belgilangan uchrashuv 12-avgust kuni soat 19:00 boshlanadi.
O‘zaro uchrashuvlarga oid faktlar:
Jamoalar O‘zbekiston chempionatida shu vaqtga qadar 49 bor kuch sinashishgan. Bo‘lib o‘tgan 30 uchrashuvda «ajdarlar», 12 o‘yinda esa bekobodliklar zafar quchishgan. 7 uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan.
To‘plar nisbati 80:39 ga teng. Ustunlik vakillarimiz tarafida.
O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf“ – «Metallurg» 7:0, «Metallurg» – «Nasaf» 3:0.
Jamoalar so‘nggi o‘zaro uchrashuvni 2022 yili 9 mart kuni Qarshida o‘tkazgan. Bu uchrashuvda jangovar 1:1 hisobi qayd etilgan. Uchrashuvning 80-daqiqasida Husayn Norchaev uchrashuvda hisobni ochgan bo‘lsa, 89-daqiqada Abrorbek Toshqo‘ziev hisobni tenglashtirib, bekobodliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgandi.
E’tiboringizga, jamoalar ishtirokidagi so‘nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz:
09.03.2022 Nasaf — Metallurg 1:1
15.10.2021 Nasaf — Metallurg 1:0
23.06.2021 Metallurg — Nasaf 2:1
26.10.2020 Metallurg — Nasaf 0:2
06.07.2020 Nasaf — Metallurg 1:0
«Nasaf» futbol klubi matbuot xizmati
Fikrlar